Natija gapirsin
Odatda ishini sifatsiz qiladiganlar, sifatlilari soni kam bo’lganligi uchun uni e’tirofiga o’zi shoshadi.
Bu huddi: Vazifalarini odatda to’liq bajarmaydigan o’quvchilar, to’liq bajarganda tekshirtishga shoshganidek.
O’z fazilatini o’zi e’tirof e’tib turgan insonlarning fikrlarini mayli eshit. Lekin xulosani eshitganinga qarab qilma.
Fazilatlilar o’z fazilatlarini gapirmaydi. Gapirolmaydi. Bunga ehtiyoj sezmaydi. Sezishyaptimi shaxsiy manfa’atlar ko’zlanyapti. Kamida e’tibor yoki obro’.
5-sinf o’quvchim bo’lar edi. Qur’on hofizi ekanligini 2 yil o’qitganimdan keyin bilganman. Shunda ham o’zidan emas.
Boshqa o’quvchimni 2 pora yodlagan ekanligini aynan o’zidan bir necha marta qayta eshitganman. So’ramasam ham)
Ishingni doim sifatli qil. Kimdir ko’radimi, ko’rmaydimi farqi yo’q. Sifatli bo’lsa natijasini xohlasang ham berkitolmaysan.
Endi qilayotganlaring haqida gapirmasdan tura olmayapsanmi, niyyatlaringni qayta ko’rib chiq. Nimadir нито.(31:18)
@javokhir_toshpulatov
>>Click here to continue<<