Ustoz
Yangi o’quvchilar kelishganda ularning bilimi, xulqi, irodasiga qarab mendan oldin o’qitgan ustozining mehnat sifatini ko’raman.
Ba’zilari 30 minut bir joyda o’tirib mavzu o’rgana olmaydi. 10 ta misolni ketma-ket yechishga toqati yo’q. Mustaqil 1 soat o’z ustida ishlashdan ko’ra sabablar romanini to’qib kelishni afzal ko’radi.
Bu bugun bo’lib qolmadi. Bu shunchaki fandagi ilmsizlik emas. Bu insonni butun umr o’ziga va atrofdagilarga zarari tegadigan irodasizlik harakteri.
Meni o’ylantiradigani shu. Matematika bilmasa ham yashab ketar. Ingliz tili bilmasa ham o’qishga kirar. Fizika o’rganmasa ham muhandis bo’lar.
Lekin birinchi kelgan qiyinchilikdan maqsadini qayta ko’rib chiqaversa;
Maqtov eshitishni yoqtirsayu lekin shunga munosib yoki munosib emasligini o’ylab ko’rmasa;
Bir yutuqqa loyiq bo’lishdan oldin uni past baholab tursa;
Muvaffaqiyat yashiringan xatorlardan qo’rqsa-yu soatlab vaqtni va zehnini telefon orqali o’ldirishdan qo’rqmasa;
Xatolarini aytganda o’ylab ko’rish o’rniga aytuvchini o’ziga dushman bilib tursa.
Bu harakatergan aylanish jarayonida bo’lgan odat.
Bunday o’quvchilarning xatolari ustozlarning eslatma va prinsiplari orqali bugun to’g’irlashga xarakat qilinishi shart.
Bugun hotirjamlik uchun e’tiborsiz qoldirilsa bu o’quvchilar ertaga boshqa ustozni undan keyin ota-onasini kelajakda esa o’zini va qo’l ostidagilarni qiynaydi.
Eng kuchli o’qituvchilar:
O’quvchilariga fanning o’zini berishdan tashqari shu fan orqali ularga kuchli harakter shakllantirishga ko’mak beradigan insonlar. Shu o’qituvchilar ustozlar bo’lishadi.
Balki shular: “Albatta, ulamolar payg‘ambarlarning vorislaridir.”
Abu Dovud (3641) shu maqomga tushishar.
Sababi yo’lda qarshiliklar ko’p uchraydi. O’quvchining o’zi, ba’zida ota-onalar va hatto maktab. Qilingan mehnat samaralarini esa shogirtlari yillar o’tib tushunishadi.
@javokhir_toshpulatov
>>Click here to continue<<