“Sevimli” ustoz bo’lish
1 haftada faqat 2 soatim bo’sh. Shulardan birida tashqarida o’tirganimda ustozi darsga kirmagan 3-sinflar darslariga kirishimni so’rashdi. 1 ta darsga kirdim.
O’shandan buyon shu sinf o’quvchilari meni ko’rishganda doim men dars o’tishimni so’rashyapti. Buni chetdan ko’rganlar darsni qoyillatibdi deb o’ylashadi. Umuman unaqa emas. Lekin buni haqiqiy mutaxassislar tushunadi.
Nega o’quvchilarning barchalari uchun darsim qiziqdek tuyuldi?
1. Menda bu dars uchun yelkamda mas’uliyat yo’q edi. O’zi bitta darsku. Shundoq ham ustozi yo’q ediku.
2. Yelkamdagi mas’uliyat yo’qligi darsda faqat o’yinlar bilan o’tishga imkon berdi. 10 ta ma’lumot berishga imkonim bo’lib turib 2-3 ta bilan cheklandim.
3. Dars faqat o’yinlar shaklida bo’lgani uchun ular erkin o’tirishdi. Partani ustiga chiqib olganda ham, bir-birovini qo’ynida o’tirganda ham bor ovozda baqirishganda ham deyarli hech narsa qila olmadim. 8 dan 11-sinfgacha o’qitganim uchun bu holatni birinchi marta ko’rayotgan edim.
4. Kam narsa o’rgatganim uchun ularga uy ishi ham bera olmadim. Berganimda ham so’ray olmasdim. Qaytib kira olmaganim uchun emas. Kam narsa o’rgatganim uchun. O’yin bilan darsni o’tkazganim uchun.
5. Mendan keyingi ustozga ham zarar berdim. O’quvchilar taqqoslashibdi. Javohir ustoz zo’r o’tar ekanlar deyishibdi. Bu gaplar ustozga stress beradi. Sababi u o’quvchilar uchun mehnat qilib eshitmagan maqtovni men o’ynatib eshitib kettim.
Bu darsim haqida o’zimning xulosam: Men 3-sinflarni eplay olmadim. Ammo sevimli bo’lib qo’ydim. Qoyilmisiz)
“Sevimli” ustoz bo’lishning eng oson usullari:
1. Masuliyatni o’zingizga olmaysiz. Bu hotirjamligingizni taminlaydi.
2. Hammani qiziqtirish uchun yuklama bermasdan dars o’tasiz.
3. Uy ishi bermang. Maqsad ular fanni o’rganishi emas 100% qiziqtirish edi. Chalg’imang.
4. Xatolar qilishsa jiddiy ogohlantirmang. Yoqtirmay qolishlari mumkin. Ularning bu xatolar bilan uzoq yillar qiynalgani “sevimli ustoz” bo’lishingizdan ko’ra muhim emasku.
Bu to’rt xulosa sezganingizdek sarkazm. Haqiqiy xulosani keyingi postda yozaman.
@javokhir_toshpulatov
>>Click here to continue<<