TG Telegram Group & Channel
Javokhir Toshpulatov | Blog | United States America (US)
Create: Update:

Katta ko’rinayotgan kichkina sonlar

Ko’zimiz kichkina raqamni ko’rgani bilan ongimiz katta muddatni tasavvur qiladi.

1 yilning o’tishi biz uchun sekindek. Birgina yil o’tgani bilan seni 365 kuning yo’q endi.

Bu kunga qo’shilib, zehning, quvvating va sog’ligingni ham bir qismi ketti. Yomoni esa u qaytmaydi.

Taxminan 30 yil umring bo’lgani seni hotirjam qiladi. Shuni kunlarga o’tkazsang 10950 kun. Kutilmagan o’limni chetga surib qo’ydik.

50 ga kirgan ota-onangni ko’rasan. Gaplashishga ulguraman deb o’ylaysan.

Maksimum 10 yil qolgan bo’lsachi? Haa, hali ancha ekan, ulguraman. 10 yil bor yo’g’i 3650 kun. Shuni o’yla.

Kim uchundir asabiylashib o’tirganingda;

Vaqt ajratishing kerak ishlarni aqlan bilib ammo ortga surayotganingda;

Muvaffaqiyat ehtimoli yuqori bo’lib, tavakkal qilishga qo’rqib turganingda;

Kitob va instagram o’rtasida tanlovda qiynalganingda;

Boshinga mushkulot tushgani seni foydali amallardan to’sayotganida;

Umringni kunlarga o’tkaz. Iloji bo’lsa soatga ham. Katta ko’rinayotgan kichkina sonlarga aldanma.

@javokhir_toshpulatov

>>Click here to continue<<

Javokhir Toshpulatov | Blog

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)