O’quvchilaringizdan hurmat va e’tibor kutmaslik immunitedini shakllantiring. Balki umuman insonlardandir. Loyiq bo’lsangiz o’zi kelaveradi.
Ba’zida maktabda kuzataman.
Ustozi ketganda yig’ilar bilan kuzatadigan o’quvchilar odatda yangi ustozga eng tez moslashadigan o’quvchilar bo’lishadi. Eskisini eng tez unutadiganlar ham o’shalar.
Maktab, kollej va universitetdagi ustozlarimni o’sha payt hurmat qilardim. Lekin ularni hozir deyarli unutib yuborgan ekanman. Shu postni yozish davomida esimga kelishdi.
Ammo abituriyentligimda Matematika, Fizika o’rgatgan ustozimni 9 yildan buyon deyarli har kuni eslayman. Ustozim haqlarida gap ketganda esa hozir ham to’lib toshib gapiraman.
Mustahkam hurmatga faqat loyiq bo’lish orqali erishasiz. Uning sifati esa vaqt bilan sinaladi.
@javokhir_toshpulatov
>>Click here to continue<<