TG Telegram Group & Channel
Javokhir Toshpulatov | Blog | United States America (US)
Create: Update:

Qurbing yetgan hammasini o’rgan

15-18 yoshimda qilgan eng to’g’ri qarorim Matematika va Fizika o’rganganim. Noto’g’risi esa qolgan fanlarni ham o’sha yoshimgacha o’rganmaganim.

Ayniqsa Tarix, Adabiyot va Biologiya. Tillardan esa Ingliz tili.

Kimdir senga qaysidir fanni kerak emas dedimi o’sha odam shu fanni bilmaganidan aytyapti. Bilganida, foyda olardi. Olgan foydasi tilini tiyishga undardi. Zar qadrini zargar biladi. Foydadan to’sish uchun esa inson kamida johil bo’lishi kerak.

Yoshligida ilm olish imkoniyatidan mahrum bo’lgan ammo bugun muvaffaqiyatli bo’lib “Meni erishganimga sen ham ilmsiz erisha olasan“ degan insonlarning maslahatlari sen uchun emas.

Senda bugun o’rganish imkoniyati bormi? Unda muvaffaqiyat yo’ling shu. O’zingni shu yo’lda qiyna. Aylanib o’tadigan yangi yo’llarni qidirma. Ular chorasiz bo’lgan kim uchundir ochiq bo’lsa sen uchun to’pik bo’lishi mumkin.

Taqdir – bugunning jinsidan bo’ladi.

@javokhir_toshpulatov

>>Click here to continue<<

Javokhir Toshpulatov | Blog

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)