TG Telegram Group & Channel
Javokhir Toshpulatov | Blog | United States America (US)
Create: Update:

To’g’ri maqsad

Bugungi ishlaringizni sifatsiz qilyapsizmi, maqsadlaringizga qarab qo’ying.

Chunki maqsadingiz va bugun qilayotganlaringiz sifati to’g’ri proporsional bo’ladi.

Ertangi “natijalar” bilan o’zingizni aldab, bugun sizga ishonch bildirganlarni unutmang.

Ertaga taksi bo’lishni orzu qilayotgan sartarosh, bugun yangi turmaklarni o’rganmaydi.

Axranalikka rezyume topshirgan taksis, bugun reytingini ko’tarishga harakat qilmaydi.

Ertaga A kompaniyaga ishga kiraman degan bugungi B kompaniya hodimi, B uchun borini bera olmaydi.

Sababi oddiy. Bunda fokusni kamida ikkiga bo’lib, yarmini ertangi maqsadlarga topshiriladi. Qolgani esa quyidagilar uchun kamlik qiladi:

Bugundan ilhomlanish, xatolarni tan olish, sabr qilish, o’rganish va natijaga erishish.

Bunday noto’g’ri maqsadlar bilan yashaydiganlar ko’p, lekin orasida bitta sohadagilarni zarari nisbatan kengroq yoyiladi.

Bular o’qituvchilar.

Ertaga o’zini boshqa sohada ko’rayotgan bugungi o’qituvchi, bolani bolaligicha qabul qilmaydi, o’rgatishni o’rganmaydi, xatolarini tan olmaydi, o’zgartirishga yo’l ko’rsatadiyu natijaga sabr qilmaydi.

@javokhir_toshpulatov

>>Click here to continue<<

Javokhir Toshpulatov | Blog

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)