Yosh ustozlarga 10 ta maslahat
O’quvchilar bilan to’g’ri munosabat o’rnatishda ustozlarga 10 ta maslahatim
1. Qarama-qarshi jins vakilidagi o’quvchilariz bilan ijtimoiy tarmoqlarda ustoz-shogirt munosabatini o’rnatmang.
Chegara va nazoratni yo’qotasiz.
2. Erkak ustozlar, o’g’il bola o’quvchilari oldida qizlarga yumshoq gapirib, ko’p hazil qilmasligi kerak. Qiz bola ustozlar esa aksi..
Bu qolganlarni g’ashini keltiradi.
3. Hammani oldida o’quvchilar bilan urushib ketmang. U 100% aybdor bo’lsa ham.
Natija qanday tugasa ham siz yutqizgan bo’lasiz.
4. Xato qilsangiz tan oling. Tushunmasangiz tushunmaganizni ayting. Lekin aldab yubormang.
Haqiqatni bilishganda uyalib qolasiz.
5. O’quvchizni boshqa ustozdan qizg’anmang. Shunday bo’layotgan bo’lsa, ustozlikdagi niyatizni qayta ko’rib chiqing.
Ustozlikda niyatning holislik o’lchovi shu.
6. O’quvchilarga hech qachon maqtanmang. Kamtar bo’lavering. Natijani amalda ko’rsating.
O’quvchilar amallarni olishadi.
7. Ular uchun jon kuydirayotgan bo’lsangiz o’zlari buni sezishsin. Og’zaki emas amalda.
Qarzdorlik his qilgan o’quvchiga berish oson.
8. Dars vaqtida mavzuni maksimal o’ting. Darsdan tashqari esa faqat intilganiga bering. Ilmingiz, vaqtingiz va o’zingizni hurmat qiling.
Ilm ham rizq. Isrofga qarab ketsa to’xtang.
9. Hammani teng ko’ring. Prinsiplaringiz barcha o’quvchuvchilar uchun ishlasin.
Adolatsizlik sizga han yoqmaydi.
10. Hech qachon o’quvchilarga bog’lanib qolmang. Mehr bering, lekin qaytishini kutmang.
Insonmiz, unutuvchimiz.
@javokhir_toshpulatov
>>Click here to continue<<