Ustozlar bilan munosabat
O’zim uchun ustoz deb bilgan insonlar bilan munosabatimda 5 ta qoidaga amal qilaman. Sizga ham shuni ilindim:
1. Shablon salom yoki tabrik jo’natmang. Bularga javob berish noqulay. Oddiy bo’lsa ham o’zingiz yozing.
2. Ovozli habar jo’natmang. 37 qator bo’lib ketsa ham yozing. Har 2-3 ta gapda bir qator tashlab yozing. Ovozli xabarni eshitish makon tanlaydi.
3. Bir necha soat sabr qila oladigan ishingingiz bo’lsa telefon qilmang. Telegramdan yoki muhimroq ishingiz bo’lsa sms yozing.
Ketma-ketligi:
• Salomlashish
• O’zingizni tanishtirish
• Telefon qilish uchun ruhsat so’rash
4. Ular sizga latifa aytdi yoki hazil qildi degani siz ham shunday munosabatda bo’lishingiz mumkinligini bildirmaydi. Kulgili bo’lsa kuling, bo’lmasa o’zingizni majburlamang.
5. Aqillilar shunchaki eshishitishni bilishadi. Ular sizni jim turib eshityapti degani barcha gapingiz o’rinliligini bildirmaydi. Eng muhimlari haqida gaplashing.
Aqilli insonlarning vaqtlarini hurmat qiling. Ulardan ham hurmat topasiz.
@javokhir_toshpulatov
>>Click here to continue<<