AI bo'yicha ortda qolgandek his qilishingiz mumkin, va bu tabiiy hol.
Soha juda tez rivojlanmoqda, barcha yangiliklardan xabardor bo'lish deyarli imkonsiz.
Lekin hali kech emas - aksincha, o'rganishni boshlash uchun aynan eng yaxshi vaqt.
AI vositalari tez orada kod yozishda standartga aylanishi aniq. Ular samaradorlikni oshiradi va ko'plab ishlarni avtomatlashtirishda yordam beradi.
Bu vositalarni o'zlashtirish - kelajak uchun tayyor bo'lish demakdir.
Farqi yo'q, junior bo'lasizmi, middle yoki senior. Darajadan qat'i nazar, AI'ni o'rganish shart. Ayniqsa, tajribangiz qancha ko'proq bo'lsa, shuncha muhim.
Qayerdan boshlash kerak?
- Bitta dasturni tanlang. Masalan, Cursor yoki Windsurf. Ikkovini ham bepul qismlari mavjud. O'rganish uchun bemalol yetadi.
- Yangi loyiha boshlang va tanlagan dastur yordamida kod yozishni mashq qiling. Dasturning barcha imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanishga harakat qiling.
- Ingliz tilini bilmaysizmi? Muammo emas. Hozirgi AI modellar o'zbek tilida berilgan buyruqlarni ham bemalol tushunadi va o'zbekchada javob bera oladi.
- Boshqa mavzularga chalg'imang: MCP serverlar, AI agentlar, LLMs va hokazo - hozircha bular "shovqin" (noise). Bir vaqtning o'zida juda ko'p narsani o'rganishga urinish sizni charchatib qo'yadi.
- Tanlagan dasturda o'zingizni erkin his qila boshlaganingizdan keyin boshqa vosita yoki yangi texnologiyani o'rganishni boshlang.
- Shu ketma-ketlikda davom eting. To'xtash yo'q. O'rganiladigan narsalar juda ko'p.
Bularni bir kunda o'rganish imkonsiz. O'zingizga vaqt bering. Shundoq ham yilni deyarli yarmi o'tdi. Endi qolgan yarmini o'rganib o'tkazing.
>>Click here to continue<<