TG Telegram Group & Channel
Infograf_uz | United States America (US)
Create: Update:

#burchakstat

Dunyoning eng qimmat shaharlari

Economist Intellegence Unit (EIU) 2023-yil uchun dunyo boʻylab yashash qiymati indeksini eʼlon qildi. Unga koʻra Singapur va Syurix birgalikda yashash uchun dunyodagi eng qimmat shaharlar reytingida birinchi oʻrinni egalladi.

Singapur 2022-yilda Nyu-York bilan birgalikda ushbu roʻyxatda birinchi oʻrinni egallagan edi. Syurix oltinchi oʻrindan birinchi oʻringa koʻtarildi. Uning koʻtarilishi Shveysariya frankining mustahkamlanishi, shuningdek, oziq-ovqat, uy-roʻzgʻor buyumlari va dam olish uchun yuqori narxlar bilan bogʻliq. Nashr, shuningdek, bu ikki shaharda yoʻl-transport va kiyim-kechak uchun narxlarning yuqori ekanligini koʻrsatadi.

Nyu-York 2023-yilgi roʻyxatda uchinchi oʻringa tushib ketdi, ikkinchi oʻrindan Shveysariyaning boshqa bir shahri — Jeneva joy oldi. AQSHning yana ikki shahri (Los-Anjeles va San-Fransisko) hamda Gonkong, Parij, Kopengagen va Tel-Aviv shaharlari kuchli oʻntalikka kirdi.

Yillik indeks dunyoning 173 shahrida oziq-ovqat, kiyim-kechak, ijara yoki transport kabi 200 dan ortiq kundalik mahsulot va xizmatlar narxlarini taqqoslaydi. Tadqiqotga kiritilgan shaharlardagi narxlar Nyu-Yorkniki bilan taqqoslanadi. Bunda Nyu-Yorkning indeksi 100 ga teng deb hisoblanadi.

©Burchakostida
@infograf_uz

>>Click here to continue<<

Infograf_uz

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)