“Uimbldon” turnirining birinchi qora tanli chempioni Artur Esh (1943-1993) qon orqali yuqtirib olgan SPID kasali tufayli oʻlim toʻshagida yotar edi.
Chorasiz holda yotgan Arturga dunyoning toʻrt tomonidagi muxlislaridan tasalli maktublari yogʻilib kela boshladi.
Maktublardan birida shunday savol bor edi:
— Tangri nima uchun bunday yomon kasallik uchun seni tanladi?
Artur Esh shunday javob berdi:
— Butun dunyoda 50 million bola tennis oʻynashni boshlaydi,
ulardan 5 millioni tennis oʻynashni oʻrganadi,
500 ming nafari professional tennischi boʻlib yetishadi,
50 ming nafari turli musobaqalarga qatnashadi,
5 ming nafari xalqaro turnirlarda ishtirok etadi
50 nafari esa, Uimbldonga qadar yetib keladi,
4 nafar tennischi yarim finalga chiqadi,
2 nafari esa, finalga chiqadi...
Qoʻlimda chempionlik kubogini koʻtarib turib Tangridan “NIMA UCHUN MEN?”, deb biror marta soʻramadim endi esa, xastalik berganda qanday qilib “NIMA UCHUN MEN?”, deb soʻray?!
>>Click here to continue<<
