Namanganlik o‘quvchilar dunyoning Top-20 taligiga kiruvchi oliygoh talabasi bo‘ldi
Uch nafar namanganlik yoshlarimiz: Namangan shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatidan Ziyodullobek Qo‘ziboyev, Saydullo Supijanov hamda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 58-umumta’lim maktabi bitiruvchisi Sherxon Hasanov Pechak ligasi (Ivy League) tarkibiga kiruvchi, dunyo reytingida 15-o‘rinda turuvchi Pensilvaniya universiteti talabasi bo‘ldi.
Uchovlon joriy yil oliy ta’limni AQSHda davom ettirishadi.
Yigitlar maktabda yaxshi baholarga o‘qigan, faol, IELTS hamda SATdan yuqori ballarni olib, xalqaro serifikatlarga ega.
Yoshlarimizga omad, dunyoning yetakchi ta’lim muassasasida olgan qimmatli bilimlarini mamlakatimiz taraqqiyoti uchun sarflashini tilab qolamiz.
@hilola_umarova
>>Click here to continue<<