TG Telegram Group & Channel
Hilola Umarova | United States America (US)
Create: Update:

Ayni kunlarda “Raqamli avlod qizlari-2025” g‘oliblari AQShda ta’lim sayohatida boʻlib turibdi.

Yodimda, ushbu tanlovni ilk bor tashkil etganimizda gʻoliblarni qanday ragʻbatlantirish haqida ancha oʻylaganmiz. Oʻqimishli, xorijiy tillarni yaxshi oʻzlashtirgan, innovator qizlarni qanchadir miqdordagi pul, biror buyum bilan ilhomlantirish qiyin. Ularga eng zarur narsa – imkoniyat!

Biz gʻolib qizlarimizga dunyoning eng nufuzli universitetlariga borish, tanishish, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatini yaratdik.

Mana bu videoda qizlarning Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga sayohatini koʻrishingiz mumkin. Ishonaman, ular orasidan ham ana shunday yetakchi ta’lim dargohlarini zabt etadigan oʻzbek qizlari, albatta, chiqadi.

Ta’lim sayohati davom etadi. Gʻoliblarimiz boshqa OTM, ilmiy markazlar, zamonaviy laboratoriyalar, kutubxonalarda boʻladi.

Jarayonlarni mana bu kanal orqali kuzatib borishingiz mumkin: @digitalgeneration_uz

@hilola_umarova

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

>>Click here to continue<<

Hilola Umarova

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)