1-aprel — hazil kunida ayrim bolalar yayrasa, ayrimlari xavotirda yuradi (xuddi hozir sarlavhani oʻqib, qoʻrqib ketganingizdek). Hazillar baʼzida meʼyoridan oshib, zoʻravonlikka tutashib ketadi.
Siz maktabingizda bunday noxush holatlarning oldini oling. Oʻquvchilarga aslida hazil kuni quvonchli kun ekanligini tushuntiring. Ular bir-birlariga sezdirmay yaxshilik qilib, quvonishlari mumkinligiga ishontiring. Sumkasidan shokolad topib olgan, ruchkasi ikkita boʻlib qolganini koʻrib hayron qolgan, rasm daftari orasida sevimli multqahramonlarining suratlarini koʻrib, quvongan bolani chetdan kuzatish qanchalik zavqli ekanligini taʼriflang.
Bunday ajoyib hazil kunini oʻzingiz boshlang: hoziroq bolalarga yaxshilik qilib, darsdan javob bering.
Yana hazil edi) 1-aprel muborak!
@format_mohirdev
>>Click here to continue<<
