Eda Lovleys, sizni 8-mart bilan tabriklaymiz
“Eda Lovleys kim oʻzi
Aslida Eda Lovleys 19-asrda yashagan va u paytda bunday bayram mavjud ham emas edi. Demak uni hozir tabriklash mantiqan notoʻgʻri. Lekin shoshilmang, biz aynan uni tabriklamadik.
Kimligiga toʻxtalsak,
Eda Lovleysni butun dunyo “birinchi dasturchi” deb taniydi. U yashagan davrda (1815-1852) bunday kasb boʻlmagan. Biroq Eda yozgan ishlaridan birida aynan ilk dasturlash algoritmi mavjud edi. Bu davrda qurilmalar faqat oddiy sonlar bilan amallar bajara olgan. Eda esa bunga kengroq qarab tanqidiy muammolar uchun ham yechim beradigan qurilma haqida bosh qotirgan. Sunʼiy intellekt haqida gap ham boʻlishi mumkin boʻlmagan paytda u inson miyasi ishlash tizimining matematik modelini yaratishga harakat qilgan. U sohada sezilarli izlanishlar qilgan.
Olimaning harakatlari AyTida ayol-qizlar erkaklardan hech ham qolishmasligini isbotladi. Biz esa yuqorida oramizdagi Eda Lovleyslar, ularning onalari, opalari, singillari hamda ustozlarini tabrikladik.
Aziz ayol-qizlar, bayramingiz muborak boʻlsin.
FORMAT