TG Telegram Group & Channel
🎡𝑫𝒓𝒆𝒂𝒎𝒔 𝑪𝒉𝒂𝒑𝒕𝒆𝒓🎡 | United States America (US)
Create: Update:

Eshikning zarb bilan ochilgan ovozi butun uyda jaranglab ketdi . Ko xonim bir nimanidir sezganday , qo'lidagi finjonni qo'yib , pastki qavatga shoshildi . Zinadan tushayotib , erining g'azabga to'lgan yuzi va qizining aybdorlarcha bosh egib turganini ko'rib , qo'rqqan narsasi sodir bo'lganini yuragida og'riq paydo bo'ldi .

- ooooo Ko Insan xonim kelaqoling ... - erining zardali gapidan Ko xonimning yuzlari burishib , sekin zinalardan pastga tushdi .
- yana nima bo'ldi ....
- nima bo'lganini arzandangdan so'ra ... , So'ra nima derkin ... so'ra ... - Ko xonim savol nazari bilan Hemiga qaradi . U haligacha boshini yerga egib , jim turardi .
- nega jim turibsan ... Gapirmaysanmi ? Gapir... - janob Ko ko'rsatkich barmog'i bilan Hemining boshini turtkancha ginali savolga tutdi .
- ko'rdingmi , aytishni istamaydi . Aybi borda ....
- Minho , nima bo'lganini aytasizmi o'zi ?
- seni manabu arzandang , noqonuniy mototsikl poygalariga qatnashib yurgan ekan ... Agar ortidan odam qo'ymaganimda , buning oldini olmaganimda butun Seulga sharmanda bo'lardik ... Ko lar oilasi nomi yer bilan bitta bo'lardi ... - Hemi otasining gaplarini eshitib , hayron boshini ko'tardi . Ko xonim esa , shundaymi , degandek ko'zlarini katta katta qilib Hemiga qaradi va erini tinchlantirishga harakat qildi .
- azizim , bo'ldi ... tinchlaning ...
- nega tinchlanar ekanman ? Aslini olganda hammasiga sen aybdorsan ... Qizimizning orzusi , ko'ngli o'ksimasin deb , mototsikl oldirding . Shundan buyon , yigitlarga o'xshab , ko'chadan beri kelmaydi . O'qishlarini aytmasam ham bo'ladi , har kuni yangi janjallar bilan hunar ko'rsatib o'tiradi . Endi esa bu ... Bularning oxiri bormi o'zi ...? Qizingni deb , uyoqdan buyoqqa yugurishdan charchadim ....
- qizingni deng .... - janob Ko va Ko xonim asabiy Hemiga qarashdi , u esa , ko'zlarini bir nuqtadan uzmasdan turardi .
- hech qizim deb aytolmaysiz...
- Hemi hozir shuning o'rnimi? - Ko xonim vaziyat chigallashmasidan ularni to'xtatishga harakat qildi .
- ha shuning o'rni ... Aynan shuning o'rni . Dardingiz faqat pul va obro' . Hech kim Hemi haqida o'ylamaydi , u nima xohlayapti , nimadan norozi , ko'nglidan nimalar kechyapti , nega bunday bo'lib qoldi , nima uchun bu ishlarni qilyapti ? Hech kimni bu qiziqtirmaydi . Faqat Ko lar obro'si , Ko lar nomi ! Charchadim ... Charchadim Ko Hemi bo'lishdan ... Ko familiyasini ko'tarib yurishdan ... Istamayman ... , Ko Hemi bo'lishni , qizingiz bo'lishni istamayman ... - Hemi oxirgi baqirib aytgan gaplaridan so'ng , yuziga kelib tushgan tarsakidan jimib qoldi .

Ko'zlarida yosh bilan , avval yuzida qilgan ishidan zarracha afsuslanish yo'q otasi , so'ngra , qo'li bilan og'zini yopib turgan onasiga qaradi .

- hhhh... n- nimani kutgandim... Qo'lingizdan faqat shu keladi .... Tarsaki tushurish , kuch ishlatish....

Hemi ko'zyoshlarini yashirgancha uydan yugurib chiqdi . Katta eshik yoniga kelganda Ko xonim uni qo'lidan ushlab to'xtatib qoldi .

- qayerga ketyapsan ...
- ishingiz bo'lmasin.
- Hemi ... Otang buni jahl ustida qildi , o'zingda ham ayb bor edi ... shu...
- yana uning yonini olyapsiz ....
- axir u seni otang...
- u meni otam emas...U sizni eringiz ...
- Hemi ....
- qachonki , undan voz kechib , qizingizni desangiz , o'shanda barcha aytganlaringizni qilaman . Ungacha meni onam ham yo'q....
- Hemi .... Hemi shoshmaa....

Ko xonim Hemining ortidan , chorasiz baqirgancha qolib ketdi .

>>Click here to continue<<

🎡𝑫𝒓𝒆𝒂𝒎𝒔 𝑪𝒉𝒂𝒑𝒕𝒆𝒓🎡

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)