#dolzarb
Komil Allamjonov: Avtomaktablarni bitirgan 2406 kishidan 347 nafarigina imtihonlardan o‘ta olgan
2022-yilning 4-fevralidan to bugunga qadar Toshkent imtihon markaziga avtomaktablarni tugatib 2406 nafar odam kelgan. Komil Allamjonov so‘zlariga ko‘ra, shundan 347 nafarigina imtihonlardan o‘ta olgan, qolgan 2059 nafari o‘ta olmagan.
«Hatto kompyuterda ishlashni bilmaydiganlar ham kelyapti. Juda ko‘pchilik masalaning oson yo‘lini qidiryapti (o‘rganib qolganda). Yana bu vaqtinchalik, ertaga yopilib ketadi bular, degan gaplarni ham eshityapmiz.
100 dollardan 500 dollargacha xodimlarimizga pora bermoqchi bo‘lganlar qancha. Avval shunday bo‘lgan. Endi korrupsiyaning (millionlar - dollarlarda) miqdorini tassavur qiling», fikr bildirgan Komil Allamjonov o‘z Telegram kanalida.
👉 Haydovchilar uchun kanal!
>>Click here to continue<<
