TG Telegram Group Link
Channel: Demokrat.uz | Rasmiy kanal
Back to Bottom
Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 14-maydan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 699,85 so‘m (– 18,23)
1 RUB 139,02 so‘m (+ 1,20)
1 EUR 13 694,25 so‘m (– 15,84) .

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz
Rossiyaning Belgorod shahrida bir sutkada snaryadlar tufayli 19 kishi halok bo‘ldi

Departamentning aniqlik kiritishicha, navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Belgorod viloyati hududida 12 ta Vilxa MLRS snaryadlari va 12 ta dron, Kursk viloyatida 8 ta PUA, Qrim ustidan 4 ta “Storm Shadow” raketalari va 7 ta UAV yo‘q qilingan. Lipetsk viloyati uzra yana to‘rtta dron tutib olindi.

👉 demokrat.uz/21858

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz
Qozog‘istonga 900 mln kub metrdan ortiq suv yetkazib beriladi

Sug‘orish mavsumida “Do‘stlik” davlatlararo kanali orqali oqib o‘tadigan 922 million kub metr suvni Qozog‘istonga yetkazib berishga kelishib olindi. Shu bilan birga, Turkiston viloyatidagi Shardara suv omborida 4,8 milliard kub metr suv to‘plangan. Qozog‘iston janubidagi dalalarni sug‘orishda foydalaniladigan Qirg‘izistondagi To‘qto‘g‘ul suv omborida esa 8 milliard kub metr suv yig‘ilgan.

👉 demokrat.uz/21861

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri o‘rinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda savdo ko‘rsatkichlarida muvozanatni ta’minlash va mamlakatimiz mahsulotlarining Xitoy bozoriga kirishi uchun qulay sharoitlar yaratish, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida muhim investitsiya loyihalarini jadallashtirish, hududlar kooperatsiyasini kengaytirish, gumanitar, ta’lim va turizm dasturlarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihasi bo‘yicha ishlarning amaliy bosqichini tez fursatda boshlash bilan bog‘liq jihatlar muhokama qilindi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz
Qonlar ariq bo’lib oqqan kun – Andijon voqeasi

O’zbekiston tarixida eng qonli fojia bo’lib qolgan Andijon voqeasiga 19 yil to’ldi. 2005-yilning 13-may kuni Andijon shahrida ko‘plab odamlarning qurbon bo‘lishiga hamda fuqarolar va davlat mulkiga katta moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan fojiali hodisalar yuz bergan edi.

O‘zbekiston rahbariyati ushbu hodisalarni terakt deb baholagan. Lekin, voqea yuzasidan bir-biridan mustaqil xabarlar juda ko’p.  Aslida voqea qanday bo’lgan. Videoda batafsil ma’lumot berilgan.

👉TO‘LIQ VIDEO👈

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz
15 ta hududda IT-shaharcha tashkil etiladi

Prezidentga mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, bu sohada yoshlarni va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.

Shu yilning o‘tgan to‘rt oyida sohadagi xizmatlar hajmi 20 foiz o‘sdi, 200 million dollarlik eksport qilindi, 5 mingta ish o‘rni yaratildi. Bunda asosiy ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.

Shu bois, bu sohani chekka hududlarda ham rivojlantirish maqsadida, IT-shaharchalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyihaga ko‘ra, bunday maskanlar dastlab 15 ta hududda – Chimboy, G‘ijduvon, Zomin, Sharof Rashidov, Forish, Xatirchi, Pop, Shahrisabz, Qo‘shrabot, Sariosiyo, Sirdaryo, Parkent, Toshloq va Tuproqqal’a tumanlari hamda Xonobod shahrida tashkil qilinadi. Ularda yiliga 10 mingga yaqin yoshlar IT, chet tili va boshqa zamonaviy kasblar bo‘yicha bepul o‘qitiladi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz
Bishkek amaldorlari haftada ikki marta ishga avtomobilsiz keladi

Xizmat avtomobillaridan faqat ish uchun foydalanish belgilangan, joylardan tashqarida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar uchun transport tashkil etiladi. Amaldorlar har oyning 25-sanasiga qadar amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etishi shart.

👉 demokrat.uz/21867

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kun yorishganda SAXAL kuchlari G‘azo sektoridagi Jabaliya qochqinlar lageriga bostirib kirishni boshladi

Bu harakat Falastinliklarning Rafahdan qochishga buyruq berganidan keyin shimolga majburan ko‘chirilishi ortidan amalga oshirildi. Hozircha operatsiyaning muvaffaqiyati aniq emas va HAMAS zirhli texnikalarning oldinga siljishi sekinlashgani va SAXAL askarlariga ommaviy hujumlar uyushtirilgani haqida xabar berdi, Isroil esa Jabaliyadagi hujum rejalashtirilgan jadvalga muvofiq davom etayotganini xabar qilmoqda.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz
Qoraqalpog‘istonda ko‘zi ojizlar uchun ajratilgan pullar talon-toroj qilindi

Kutubxonani jihozlash maqsadida ajratilgan 2 ta “brayl” printeri uchun 90 mln. so‘m va 1 ta ovoz yozish studiyasi uchun 50 mln. so‘m mablag‘lar ham o‘zlashtirib yuborilgani oqibatida ko‘rish qobiliyatida nuqsoni bor shaxslarni qoraqalpoq tilida zarur adabiyot va audio materiallar bilan ta’minlash imkoni cheklangan.

👉 demokrat.uz/21870

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz
Litvada referendum va prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi

12-may kuni bo‘lib o‘tgan referendumda ishtirok etgan litvaliklarning 70 foizdan ortig‘i ikki fuqarolikni qo‘llab-quvvatlab ovoz berdi. Referendumda ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning 59 foizi qatnashdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

👉 demokrat.uz/21873

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz
Toshkentda 4 mashina to‘qnashdi. “Matiz” ag‘darilib ketdi

Kecha 18:00 larda poytaxtning Yakkasaroy tumanida YTH sodir bo‘ldi.

“Matiz”, “Lacetti”, “Spark”, “Isuzu” mashinalari to‘qnashgan, 2 kishi jarohat olgan.

Hozir surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”ni o‘tkazishda bir qator taqiqlar mavjud

Ular quyidagilardan ibora
t:

- turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni o‘tkazish;

- yakuniy imtihonlarda, yangi o‘quv yiliga tayyorlanishda ota-onalardan pul yig‘ish;

- bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish;

- o‘quvchilarning guruh-guruh bo‘lib xiyobonlar, istirohat bog‘lari, cho‘milish havzalariga borishi.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz
Jizzax va Samarqandda “Central Asia 2024: fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusida anʼanaviy XVII xalqaro konferensiyasi o‘tkaziladi

Joriy yil 14-15-may kunlari ko‘hna Samarqandda, 16-17-may kunlari esa Jizzax shahrida “Central Asia 2024: fan, taʼlim, madaniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” mavzusida anʼanaviy XVII xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya doirasida Xalqaro hamdo‘stlik forumi, soha yuzasidan matbuot anjumanlari, ilmiy-amaliy seminar-treninglar, Markaziy Osiyo davlatlaridagi kutubxonalar direktorlarining maxsus ko‘rgazmali uchrashuvlari, yalpi majlis, “Axborot-kutubxona aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz
Qashqadaryoda 22 nafar mas’ul lavozimidan bo‘shatildi

13-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda kun tartibidagi masalalarni bajarilishida e’tiborsizlik qilgani uchun 22 nafar mas’ul lavozimidan ozod etildi. Yana 29 nafarini vazifasidan ozod etish bo‘yicha Respublika rahbariyatiga taqdimnoma kiritiladigan bo‘ldi.

👉 demokrat.uz/21878

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada maktab o‘quvchisiga shapaloq tushirgan Milliy gvardiya xodimi ishdan chetlatildi

Qo‘shtepa tumanidagi maktabda inspektor-psixolog sifatida ishlayotgan Milliy gvardiya xodimi yuqori sinf o‘quvchisiga shapaloq tushirgan.

Taʼkidlanishicha, holat hududdagi 49-maktabda sodir bo‘lgan. Maktabda inspektor-psixolog sifatida ishlayotgan xodim o‘quvchiga shapaloq tushirishi ortidan lavozimidan chetlatilgan. Qo‘shimcha qilinishicha, uni boshqa lavozimga qo‘yish ko‘rib chiqilmoqda.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz
“Toshkent-3” terminaliga kirish yo'lagidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar avtomatik tarzda transport egasiga yuboriladi

2024-yil 15-maydan boshlab Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo'lagida ruxsat etilgan to'xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi.

Terminalga qisqa muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi.

Kanalga ulaning 👉@demokrat_uz
Bugun, 75 yil oldin Isroil davlati tashkil topdi

14-may 1948-yil Falastin hududida Isroil davlati tuzildi. Isroilning birinchi bosh vaziri David Ben Gurion Mustaqillik deklaratsiyasini o‘qib eshittirib, Isroil davlati tashkil topganini eʼlon qilgan edi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bishimbayev 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Bir necha oydan beri Qozog‘istonda muhokama bo‘layotgan sud oxirgi xulosasini eʼlon qildi.

Sobiq milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev rafiqasi Saltanat Nukenovani o‘ldirganlikda ayblanib, 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Bishimbayevning qarindoshi va qo‘l ostidagi Baxitjan Bayjanov voqeani yashiriganlikda ayblanib, 4 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Ta'kidlash joiz, ushbu sud ishi nafaqat Qozog‘istonda, balki xalqaro hamjamiyat eʼtiboriga tushgan edi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz
15-maydan Toshkentdagi transport karta sotish shoxobchalari yopiladi

Shoxobchalar vazifalarini markaziy pochta bo‘limlari bajaradi. Unda yo‘lovchilar ATTO transport kartasini sotib olish, hisobini to‘ldirish yoki tarif sotib olish xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

👉 demokrat.uz/21882

Kanalga ulaning 👉 @demokrat_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Baltimordagi ko‘prik portlatib yuborildi

Mart oyida kema urilishi oqibatida vayron bo‘lgan AQSHning Baltimor shahridagi ko‘prik portlatib yuborildi.

Bu vayron bo‘lgan ko‘prik qoldiqlarini olib tashlash va kanal bo‘ylab kemalar harakatni tiklash uchun qilingan.

Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, ko‘prikni qayta qurish deyarli 2 milliard dollarga tushadi va to‘rt yildan ko‘proq vaqtni oladi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz
HTML Embed Code:
2024/05/14 21:06:37
Back to Top