TG Telegram Group & Channel
Demokrat.uz | Rasmiy kanal | United States America (US)
Create: Update:

15 ta hududda IT-shaharcha tashkil etiladi

Prezidentga mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, bu sohada yoshlarni va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari bo‘yicha axborot berildi.

Shu yilning o‘tgan to‘rt oyida sohadagi xizmatlar hajmi 20 foiz o‘sdi, 200 million dollarlik eksport qilindi, 5 mingta ish o‘rni yaratildi. Bunda asosiy ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.

Shu bois, bu sohani chekka hududlarda ham rivojlantirish maqsadida, IT-shaharchalar tashkil etish rejalashtirilgan.

Loyihaga ko‘ra, bunday maskanlar dastlab 15 ta hududda – Chimboy, G‘ijduvon, Zomin, Sharof Rashidov, Forish, Xatirchi, Pop, Shahrisabz, Qo‘shrabot, Sariosiyo, Sirdaryo, Parkent, Toshloq va Tuproqqal’a tumanlari hamda Xonobod shahrida tashkil qilinadi. Ularda yiliga 10 mingga yaqin yoshlar IT, chet tili va boshqa zamonaviy kasblar bo‘yicha bepul o‘qitiladi.

Kanalga ulaning👉@demokrat_uz

>>Click here to continue<<

Demokrat.uz | Rasmiy kanal

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)