Buxoroda jamoat transporti uchun 12 dona Zhongtong rusumli avtobuslar olib kelindi.
Viloyatda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yangi avtobuslar olib kelish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, viloyatda bir necha yillardan buyon aholiga namunali transport xizmati ko‘rsatib kelayotgan “Progress mega trans" korxonasi tomonidan Xitoyning “Zhongtong Bus Holding Co., Ltd.” kompaniyasida ishlab chiqarilgan 12 dona ayni shu rusumdagi avtobuslar olib kelindi. Ushbu korxonalar o‘rtasida 24 dona yangi avtobus xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan. Loyiha doirasida qolgan 12 ta avtobus iyun oyining yakuniga qadar yetib kelishi rejalashtirilgan.
Batafsil
>>Click here to continue<<