TG Telegram Group & Channel
ODDIY YO'LOVCHI | United States America (US)
Create: Update:

Maktabda yodlagan edim. Hozir yodimga tushib ketdi. Lekin muallifini eslay olmadim. Hali ham shu she'r yodimdan ko'tarilmagan ekan, qoyil. Yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqshdir.

Bahrayn suvlariga chaydim yuzimni,
Nasimlar esdilar iliq arabiy.
Bir osmon to‘ldirib keldi ko‘ksimni,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Ne zotlar o‘tdilar vatandin ayro,
Sevinchi savdo-yu sog‘inchi sahro.
Ko‘ksimni to‘ldirib keldi bir daryo,
Vatan qolar ekan Vatan abadiy.

Boboqirlardagi bir xas yo tikan,
Shu ham kimlargadir zo‘r armon ekan.
Ko‘p ekan zar topib zor bo‘lib yurgan,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Kim axir bu dahri dundan o‘tmagay,
Kim axir bir kuni aso tutmagay,
Tandan jon ketar lek Vatan ketmagay,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Har tepa har do‘nglik turbat emasdir,
Har qanday ayriliq g‘urbat emasdir,
Yurtdan ketgan har zot Furqat emasdir,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Olmon tuprog‘ida bir g‘arib ayol,
Ko‘zda yosh, o‘zbekcha ayladi savol,
Yurtim non-u tuzing hamisha halol,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy!

Har keksa har yoshning zahmatlarida,
Azim chinorlarning hikmatlarida,
Hazrat Yassaviyning hikmatlarida,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Asta barg to‘kmoqda zarhal og‘ochlar,
Umr to‘lar ekan boj-u xirojlar,
O‘tib ketar ekan qancha sirojlar,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Maktabda yodlagan edim. Hozir yodimga tushib ketdi. Lekin muallifini eslay olmadim. Hali ham shu she'r yodimdan ko'tarilmagan ekan, qoyil. Yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqshdir.

Bahrayn suvlariga chaydim yuzimni,
Nasimlar esdilar iliq arabiy.
Bir osmon to‘ldirib keldi ko‘ksimni,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Ne zotlar o‘tdilar vatandin ayro,
Sevinchi savdo-yu sog‘inchi sahro.
Ko‘ksimni to‘ldirib keldi bir daryo,
Vatan qolar ekan Vatan abadiy.

Boboqirlardagi bir xas yo tikan,
Shu ham kimlargadir zo‘r armon ekan.
Ko‘p ekan zar topib zor bo‘lib yurgan,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Kim axir bu dahri dundan o‘tmagay,
Kim axir bir kuni aso tutmagay,
Tandan jon ketar lek Vatan ketmagay,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Har tepa har do‘nglik turbat emasdir,
Har qanday ayriliq g‘urbat emasdir,
Yurtdan ketgan har zot Furqat emasdir,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Olmon tuprog‘ida bir g‘arib ayol,
Ko‘zda yosh, o‘zbekcha ayladi savol,
Yurtim non-u tuzing hamisha halol,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy!

Har keksa har yoshning zahmatlarida,
Azim chinorlarning hikmatlarida,
Hazrat Yassaviyning hikmatlarida,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.

Asta barg to‘kmoqda zarhal og‘ochlar,
Umr to‘lar ekan boj-u xirojlar,
O‘tib ketar ekan qancha sirojlar,
Vatan qolar ekan, Vatan abadiy.


>>Click here to continue<<

ODDIY YO'LOVCHI




Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)