BAAdan yana yangilik:
Abu Dabidagi AFC rasmiy jurnalistlari UAEFAdan bilet olishgan. Bilet quyidagi shart asosida berilgan:
- O’zbekiston Terma jamoasi libosini kiymaslik;
- O’zbekiston bayrog’ini ko’tarmaslik;
- O’zbekistonga muxlislik qilmaslik.
Kecha kechasi bilan BAAni “duo” qilib chiqqandim bugun kechasi bilan ham “duo” qilib chiqaman shekilli.
Ertangi o’yinda terma jamoamiz yutqazsa BAA jahon chempionatiga chiqadi, biz pleyoffda qolamiz. Chunki:
- Hakamlar arablar, VAR bo’yicha tayinlangan O’zbekistonlik mutaxassis diskvalifikatsiya qilingan.
- Doping tekshiruvi o’yindan keyin ma’lum qilinadi. Agar doping aniqlansa, natijadan qatiy nazar o’yin avtomatik tarzda BAA foydasiga yoziladi.
- BAA jahon chempionatiga chiqishi uchun biz Qatarga ham yengilishimiz kerak. Buning uchun BAA qo’lidan kelgan hamma ishni qiladi.
- Eng avvalo Shomurodov, Masharipov, Sayfullayev, Sergeyev, Husanov, Fayzulloyevlarga o’yin davomida qizil kartochka berishi yoki jarohat oldirishi mumkin.
- Asosiy tarkibdagi grand o’yinchilarimizni shu o’yinda “to’kib tashlashsa” Qatar yuta olishi mumkin.
Ravvinning o’ldirilishi-yu, Dubaydagi pichoqbozlik bu shunchaki bahona. Dubayga O’zbekiston fuqarolarining kirib-chiqishi erkin amalga oshirilyapti, ammo Abu Dabi va unga yaqin Sharjada yuzlab hamyurtlarimiz “uzbek problem” sababli, shunchaki ushlab o’tirilibdi, pasportlari olib qo’yilgan.
>>Click here to continue<<