Kecha internetda bir videoga ko'zim tushib qoldi. Unda o'zbekistonlik migrantlar Krosnodarda avtobusda yo'l haqqini to'lamay yurishganini video qilishibdi. Videoda bir rus yigiti "nega yo'l haqqini to'lamading" deb yigitlarga tanbeh bermoqda. Albatta, yo'lkira to'lamasdan yurish kamida jinoyat. Toshkentda ham shunday avtobuslarda yo'lovchilarning aksariyat qismi yo'lkira to'lamay jamoat transportidan foydalanib yurishibdi.
Ammo rus yigitining "avtobusdan tekin foydalanyapsan" deya tanbeh bergani kulguli tuyildi. Bo'lib ham kechagina butun respublikamiz boyliklarini tekindan tekinga olib ketganlar "pul to'lab avtobusdan foydalan" deyotgani juda ham ajablanarli. 150 yil davomida mamlakat boyliklarini imperiya maqsadlari uchun tekinga olib ketishdi-ku.
>>Click here to continue<<