Toshkent iqtisodiyot universiteti o‘rganishlariga ko‘ra, 2025-yil may oyida O‘zbekistonda noqonuniy tamaki savdosining ulushi 9%ni tashkil qilgan. Davlat byudjeti yillar davomida noqonuniy sigaret savdosi sabab milliardlab so‘m yo‘qotyapti, degan gaplar ko‘p aytilmoqda. Faqat joriy yilning 5 oyi davomida yo‘qotilgan summa 195 milliard so‘mga yetdi.
Hududlar kesimida eng og‘ir holat Farg‘ona vodiysida kuzatilmoqda. Bugungi kunda u yerda noqonuniy tamaki savdosining ulushi 17,4%ni tashkil etmoqda. Ya’ni, Farg‘ona vodiysida sotilayotgan har beshinchi sigareta — noqonuniy.
Alohida muammo — bu noqonuniy savdogarlarning sigaret savdosiga oid boshqa qonuniy talablarni ham mutlaqo e’tiborsiz qoldirayotganidir. Masalan, voyaga yetmaganlarga noqonuniy sigaret sotish holatlari ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Bunday sotuvchilar hech qanday yosh tasdig‘ini talab qilmaydi. Bundan tashqari, kontrabandachilar o‘z mahsulotini laboratoriyada sinovdan o‘tkazishga ham harakat qilmaydi — bu ham ayon haqiqat.
Bu muammolarga ko‘z yumib, shunday qoldirish mumkin emas. Chunki "qora bozor" rivojlanib borar ekan, davlat iqtisodiyoti milliardlab zarar ko‘radi, yurtdoshlarimizning sog‘lig‘i esa doimiy xavf ostida qolaveradi.
>>Click here to continue<<