O‘zbekistonda ogoh fuqarolarni rag‘batlantirish dasturi davom etmoqda
Agar noqonuniy sigaret savdosiga guvoh bo‘lsangiz, bu haqda Soliq.uz ilovasi orqali Soliq organiga xabar bering. Savdo nuqtasini Soliq qo‘mitasi tekshiradi, aybdorlar tegishli jazoni oladi, arizachi esa jarima summasining 20%i miqdorida mukofotga ega bo‘ladi.
Bu nega muhim? Kontrabanda ham noma'lum mahsulotdan qattiq zaharlanishi mumkin bo‘lgan iste'molchilar uchun, ham to‘lanmagan soliqlar tufayli ulkan yo‘qotishlarga uchrayotgan davlat byudjeti uchun xavflidir. Hozirda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi tufayli, joriy yilning besh oyida davlat byudjeti yo‘qotishlari allaqachon taqriban 195 mlrd so‘mni tashkil qildi.
Bundan tashqari, aksizsiz mahsulot bilan savdo qilgan nuqtalar yana bir muhim qoidani buzadi – u ham bo‘lsa, 21 yoshga yetmagan shaxslarga sigaret sotmaslik. Demak, vijdonsiz sotuvchilar yoshi katta iste'molchilarga va davlat byudjetiga zarar beribgina qolmay, kelajak avlodning salomatligiga ham tahdid soladilar.
>>Click here to continue<<