Dadam mayli, ayam juda ko‘p sog‘inadi. Shaharga kelganda hidingga to‘yayin, deb, yonimda uxlaydi.
Opamga "Shoshayapman, ukang kuzatsin", deb, soatlab, piyoda suhbatlashadi.
Lekin "Qaytma" deydi. "Toshkentda unib o's, palak yoz", deydi. O‘ylasam, bo‘g‘zimga nimadir tiqiladi.
Toshkent – imkoniyatlar shahri. Bu yerda bosilgan bir qadam hududlarda yillarga cho‘ziladi.
Infratuzilma, ilm, e’tibor... Hammasi shu yerda.
Balki bolaligim o‘tgan ko‘chalar meni o‘ziga shuncha bog‘lagan. Hududlar men o‘ylagandan ko‘ra yaxshiroq rivojlangandir.
Lekin aldamchi (balki-da chin) tasavvurlarim shunday.
Yana, bilmadim...
18.10.2022-yil, Toshkent
>>Click here to continue<<
