@faktcheck_uz'da katta xatoga yoʻl qoʻyishimga sal qoldi.
Aslida shu xatoni qildim ham. Lekin ziyonning qayeridan qaytsang, kor deganlaridek, muammoyimni vaqtida angladim va yoʻlimni toʻgʻriga solvoldim.
Koʻkdalalik qizcha bilan bogʻliq vaziyatda 2 ta xatoga yoʻl qoʻydim:
👉 Jismonan va ruhan tayyorgarliksiz vaziyatni oʻrgandim;
👉 Erta xulosa chiqardim.
Mana shu 2 xatoyim esa uchinchisiga sabab boʻldi: xato verdikt (oʻzbekchasiga hukm) berildi.
Bu vaziyatdan chiqarilgan xulosam nima boʻldi?
👉 Ishga avvalo, ham jismoniy ham ruhiy tayyor ekanligingizni his qilish kerak;
👉 Charchoq holati vaziyatni oʻrganish uchun eng notoʻgʻri vaqt;
👉 Soniyalar yoki eng mayda detallar butun voqelik mohiyatini oʻzgartirib yuborishi mumkin;
👉 Rasmiy manbalarga ishonish doim ham foydali emas;
👉 Tajribalar xatolardan toʻplanadi, muhimi xulosani chiqara olish.
Koʻkdala haqidagi post chiqadimi?
Bu holatning qanchalik toʻliq oʻrgana olishimga bogʻliq.
👉 @bhfirdavsiy
>>Click here to continue<<