TG Telegram Group & Channel
Baxtiyorjon Akbaraliyev | ADU rektori | United States America (US)
Create: Update:

🟨🟨🟨  🟥🟥🟥

Universitetimiz faxri bo‘lgan g‘olib talabalar, aziz farzandlarim!

Futbol bo‘yicha “Talabalar ligasi” respublika final musobaqasida munosib ishtirok etib, CHEMPIONlik unvonini qo‘lga kiritgan Andijon davlat universiteti jamoasi aʼzolari bo‘lgan Siz azizlarni chin yurakdan tabriklayman!

Ushbu yutuq – sizlarning mehnatingiz, fidoyiligingiz va g‘alabaga bo‘lgan ishonchingizning amaldagi samarasidir. Bugungi g‘alaba nafaqat sport sohasidagi muvaffaqiyat, balki universitetimiz yoshlarining irodasi, jamoaviy birdamligi va yuksak salohiyatini yaqqol namoyon etdi.

Ayniqsa, jamoamizga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatgan, ularni musobaqalarga puxta tayyorlagan tajribali murabbiy Abduxoliq Xoliqovning xizmatlarini alohida e’tirof etmoqchiman. Sizlar bilan faxrlanamiz!

Bu g‘alaba universitetimiz tarixida yana bir yorqin sahifani ochdi. Ishonamanki, sizlarning bu kabi yutuqlaringiz bardavom bo‘ladi va boshqalar uchun ham namuna bo‘lib xizmat qiladi.

Yana bir bor tabriklayman! Yangi marralar sari dadil odimlang!

Hurmat bilan,
Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev

🌐 Facebook 🌐 Telegram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

>>Click here to continue<<

Baxtiyorjon Akbaraliyev | ADU rektori

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)