Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, aziz ustozlar, jonkuyar xodimlar hamda universitetimizning mard va jasur o'g'lonlari!
Sizlarni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishayotgan barcha yutuq va marralarimizda Qurolli Kuchlarimiz va ularning saflarida o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan ado etayotgan minglab harbiylarimizning munosib hissasi bor desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.
Yurtimiz himoyachilari, bo'lajak yurt posbonlari, Vatanimiz kelajagi bo'lgan yoshlarga ilm berishdek sharafli kasbda faoliyat olib borayotgan aziz ustozlar, buyuk maqsadlar yo'lida barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, ulkan muvaffaqiyatlar va bardavom zafarlar tilab qolaman!
Doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo'lsin!
>>Click here to continue<<
