Qadrli hamkasblar, aziz jamoadoshlar va jonkuyar professor-o'qituvchilar! Sizlarni, sizlar orqali barcha yaqinlaringizni 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklayman.
Bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiya, bu o‘tmishimiz, bugunimiz va ertamizning kafolati, himoyachisidir. Davlatimizning bosh qomusida tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan har bir shaxsning huquq va manfaatlari himoya qilingan.
Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘lik, tinchlik-omonlik, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman. Vatanimizning obro‘-e’tibori, shon-u shuhrati ziyoda bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Baxtiyorjon Akbaraliyev — Andijon davlat universiteti rektori