Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan respublika boʻylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish aksiyasi boʻlib oʻtdi.
Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan ushbu islohotlarning davomi sifatida Yangi Andijon massivida barpo etilayotgan bogʻga viloyatimiz rahbari Shuhratbek Abdurahmonov boshchiligida Andijon davlat universiteti jamoasi ham 100 dan ziyod manzarali daraxt koʻchatlarini o'tqazdi.
Yangi Andijon massivida barpo etilgan ushbu bogʻ kelgusida viloyatimizda ekologik barqarorlikni ta'minlashga, yashil maydonlarni kengaytirish orqali aholi salomatligi va atmosfera holatini yaxshilashga hamda shahar landshaftini ko'rkamlashtirishga oʻz hissasini qoʻshadi deb oʻylayman.
>>Click here to continue<<




