TG Telegram Group & Channel
Baxtiyorjon Akbaraliyev | ADU rektori | United States America (US)
Create: Update:

🟨🟨🟨  🟥🟥🟥

🎓 Qadrli Andijon davlat universiteti talaba-yoshlari
!

Avvalambor Sizlarni, Sizlar orqali barcha talaba–yoshlarni 17-noyabr - “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Rivojlanib borayotgan bir davrda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat g‘ururi va haq-huquqi uchun kurashadigan, o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bir deb bilib, faoliyat ko‘rsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda.

Ishonamanki, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi poydevorini yaratishda sizlar singari fidoyi va vatanparvar yoshlar, zamonaviy bilim va taraqqiyot cho‘qqilarini egallab, o‘z amaliy ishlaringiz, g‘ayrat-shijoatingiz, yetuk salohiyatingiz bilan jonajon Vatanimizga munosib, sadoqatli farzandlar bo‘lasiz.

Barchangizni bugungi bayram bilan yana bir bor qutlab, sihat-salomatlik, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tilayman. Ilm yo‘lida chekkan mashaqqatlaringizning yuksak natijalarini ko‘rish va yetuk salohiyatli kadr bo‘lishingizga tilakdoshman.

Hurmat bilan,
Baxtiyorjon Akbaraliyev — Andijon davlat universiteti rektori

👍 rektorning telegram sahifasi

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🎉6🐳32🥰2🙏2👏1😁1🤩1

>>Click here to continue<<

Baxtiyorjon Akbaraliyev | ADU rektori

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)