TG Telegram Group & Channel
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi | United States America (US)
Create: Update:

▫️Investitsiya loyihalari doirasida ajratilgan mablag‘larni maqsadli yo‘naltirish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Ishchi guruh tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri Prezident farmon va qarorlarida belgilangan xalqaro moliya institutlari tomonidan ajratilgan kredit mablag‘larining maqsadli sarflanishida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash bo‘yicha Agentlikka yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlashdir.

Shu maqsadda ushbu manzilda “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar holati va qabul qilingan hujjatlarning ochiqligi taʼminlanganligi bilan tanishildi.

Umumiy qiymati 99,6 mln AQSH dollarni tashkil etuvchi mazkur loyiha davlat rahbarining 2021-yildagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Loyiha asosida Nukus, Taxiatosh, Amudaryo, To‘rtko‘l, Ellikqalʼa va Beruniy tumanlaridagi 46 ta MFYda ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ko‘zda tutilgan.

Aniqlanishicha, hozirga qadar mahallalarning bosh reja loyihalari ishlab chiqildi, 232 ta birlamchi va dolzarb subloyihalar aniqlab olindi. Ijtimoiy soha va mahalla maishiy xizmat ko‘rsatish markazi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlari yuzasidan Davlat ekspertiza xulosalari olingan.

Loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar Ellikqalʼa tumani misolida oʻrganildi.

Tadbirda loyiha doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi jarayonida ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash yuzasidan mas’ullarga tegishli koʻrsatmalar berilib, bu kabi nazorat ishlari izchil davom ettirilishi alohida qayd etildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt

>>Click here to continue<<

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)