#Reyd_tadbiri
Andijon viloyati IIB rahbariyati tomonidan Andijon shahri hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash maqsadida xizmatga jalb qilingan hamkorlikdagi ishchi guruhlar bilan xizmat oldi yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Yo‘riqnomada reyd tadbirlari davomida fuqarolar tomonidan avtomashinalarda bemaqsad turli tig‘li buyumlarni olib yurish holatlariga chek qo‘yishga asosiy e’tibor qaratish kerakli bo‘yicha topshiriqlar berilib, xodimlar xizmat olib borishga kirishdilar.
Reydlar davomida bemaqsad tigʻli jismlar olib yurish bilan bogʻliq bir qator holatlar aniqlanib, ularga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo choralari koʻrildi.
Ayni damda Andijon shahri hududi bo‘ylab kuchaytirilgan reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.
Website | Facebook | Telegram | Instagram | Youtube
>>Click here to continue<<