Bilimdon yoshlarimiz uchun navbatdagi yangilikni e’lon qilmoqchiman!
Esingizda bo’lsa, “ZUKKOTEST” loyihasiga start bergan edik. Ko’plab takliflarga binoan loyihaning 2-bosqichini o’tkazmoqchimiz.
Test sinovlari 3-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Ungacha @kitobxontestbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, quyidagi darsliklarni o‘rganishni boshlang! Eslatib o‘tamiz, test savollari aynan ushbu darsliklar asosida tuziladi!
1. “Mutolaa” ilovasidan Jadidlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy;
2. “Ibrat farzandlari” ingliz tili darsligi;
3. “Ustoz AI” loyihasidan zamonaviy kasblar;
4. “Uzchess” loyihasining Debyut darsligi;
5. “Zakovat” intellektual savollari
Shartlar o’sha-o’sha!
• 45 ta savol (turli mavzulardan tasodifiy tanlanadi);
• Har bir savolga 1 daqiqa vaqt va 1 ball.
⚡️Mukofotlar:
TOP10 bilimdon: Har biriga 1 million so‘m pul mukofoti;
TOP100 reytingdan o‘rin olganlarga “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 3 oylik premium obuna;
70%+ natija: “Mutolaa” va “Ibrat Academy” ilovalari uchun 50 foiz chegirma;
Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting @kitobxontestbot
>>Click here to continue<<