Bugun, 30-iyun kuni Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig'ilishida Nurilla Qosimovich “Ferrotsenkarbon va aminobenzoy kislotalar asosida biologik faol birikmalar olish hamda ularni sinflash” mavzusida 02.00.09 – Tovarlar kimyosi ixtisosligidan kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi o'tkazildi.
Tadqiqotchi rasmiy opponentlarning ishga taqrizlari hamda aʼzolarning ushbu dissertatsiya ishi boʻyicha savollariga ham javob berdi.
Kengash aʼzolarining bergan ovozlar natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100% maʼqullandi va Nurilla To'lakov kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.
👏 Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!
Veb-sayt