#freelancer #coffee
💻 Кофейня'larda cappucino ichib, soatlarb MacBook'da bir nimalar qilib o'tiradigan freelancer'lar kafe uchun foydami yoki zararli?
Birinchi qarashda - zararli. Sababi, ular o'rtacha 3-4 soat bitta o'rini band qilib o'tiradilar va bu vaqt davomida o'rtacha 2 ta kofe ichishadi. Bitta kofe 25.000 so'm bo'lganda ham, uning cheki 50.000 so'm bo'ladi. 3-4 soat ichida stol 5-6 ta mijozga xizmat ko'rsatishi va (freelancer'dan boshqalarda o'rtacha chek tahminan 50-60.000 ekani hisobiga) 300.000 atrofida pul ishlashi mumkin.
Ikkinchi tarafdan esa, kafeda odam yo'q paytida MacBook'ka termulib o'tirgan bu toif odamlar tashqariga yaxshi effekt beradi: "кофейня'da odamlar bor, bo'm bo'sh emas, demak, nimasidir yaxshi...". Undan tashqari, freelancer'lar o'zlariga o'xshagan kofexo'rlar bilan ko'p aloqa qilishadi. "Shaharda ishlash uchun qulay joy qaysi?", degan mavzu ular uchun doim aktual. Bu orqali sarafan radiosi ishlashiga ham umid qilsa bo'ladi.
👉 Tavsiya: muloyimlik bilan, har 45-60 daqiqada ichish, yeyish uchun ularga taklif berish mumkin (bu bilan freelancer ham mehmon, u ham e'tibordan chetda emasligi ko'rinadi).
Shuningdek, kirish qismi yaqinidan "doimiy" mijozlar uchun Wi-Fi, розетка, chiroyli atmosferaga ega alohida joylar tayyorlash mumkin. Shu tariqa, freelancer'lar qimmatchi mijozlar o'tiradigan divanli zonalarga deyarli borishmaydi.
@abalog
>>Click here to continue<<
