#foydali
Ertalab, ishni boshlash uchun Mac'ni ochganingizda, (ko'p hollarda) Touch ID qabul qilinmaydi, sizdan kod parol terishni so'raydi. iPad, iPhone'da ham shunaqa odat bor.
Buning sababi - Apple qurilmalaridagi havfsizlik nuqati-nazaridan ko'zda tutilgan cheklovlarda ko'rinadi. Apple'ning rasmiy ma'lumotiga ko'ra, quyidagi hollarda Touch ID, Face ID texnik jihatdan muammosiz ishlasa ham, kod-parolni terish kerak bo'ladi:
- Dasturiy ta'minotni (iOS, iPadOS, MacOS va hk) yangilash;
- Ma'lumotlar va sozlamalarni tozalash;
- Kod-parol sozlamalarini ko'rish, o'zgartirish;
- Konfiguratsiya profillarini o'rnatish va hk.
Undan tashqari, quyidagi hollarda ham kod-parolni terish talab etiladi:
- Qurilmani перезагрузка qilganda, yoki o'chiq qurilma yoqilishi bilan;
- Mac'da foydalanuvchi profiliga kirilmagan bo'lsa yoki undan chiqib ketilsa;
- 48 soatdan ortiq vaqt davomida qurilma блокировка'dan chiqarilmagan bo'lsa;
- 156 soat davomida faqat biometrik разблакировка funksiyalaridan (Face, Touch ID) foydalanib, kod-parol bir marta ham terilmasa (har 6,5 kunda bir marta terib turish kerak);
- 4 soat davomida qurilma hech qanday yo'l orqali блокировка'dan ochilmagan bo'lsa va hk.
Siz ham shunaqa vaziyatlarga e'tibor berganmisiz?
@abalog
>>Click here to continue<<
