TG Telegram Group & Channel
Ali. Blog | United States America (US)
Create: Update:

Video-o'yinlar mavzusida bugun ertalabdan beri juda olamshumul yangilik(lar) ro'y berdi!

Shunday qilib, bir haker Rockstar serveriga buzib kirib, hali ishlab-chiqarish jarayonida bo'lgan GTA 6 ma'lumotlari, "source-code"lari va hokazolarni yuklab olgan va bir qancha "leaking" videolar tarqatgan!

Umuman olganda, Rockstar kompaniyasi hali e'lon qilinmagan mahsulotlarini sir tutish bobida Marveldan qolishmaydi. Oldingi o'yinlari ham to'liq e'lon qilinmagunicha hech qanday ortiqcha ma'lumot ommaga chiqarilmagan va balki o'yinlarning xaridorgirligi sababi ham shundadir.

Shunday qilib, 16 yoshli ekani iddao qilinayotgan haker Rockstarning serveriga buzib kirgan va uyerdan ishlab chiqarish jarayonida bo'lgan ma'lumotlarni yuklab olib, Twitter sahifasida, GTA forumlarida va yana bir qancha tarmoq sahifalarida bo'lishgan.

Bu xabardan ko'p o'tmasdan Rockstar xabar topgan va darhol nazoratni qo'lga olib, tarmoqlardagi videolarni o'chirilishiga erishgan. Haker esa, tarmoqlardagi profillarini o'chirib tashlagan. Bu haker yil boshida Uberning serveriga buzib kirgani va uni "source-code"larini yuklab olib, sotuvga qo'ygan haker bo'lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.

4 soat avval Rockstar o'zining rasmiy Twitter sahifasida bo'lgan ishlardan juda xafa ekanliklari, keyingi o'yinni vaqti kelganida tuzukroq tanishtirishlarini aytib o'tgan.

Tarqalgan va o'chirtirilgan videolarni ushbu link orqali yuklab olishinglar mumkin. Ichida virus bor-yo'qligiga kafolat bermayman, shunga videolarni yuklab olmay, onlayn ko'raqolinglar))

@TheAliBlog

>>Click here to continue<<

Ali. Blog

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)