TG Telegram Group & Channel
Ali. Blog | United States America (US)
Create: Update:

Let Them Eat Cake: internetda mashxurlarni bloklash trendi boshlandi.

1-2 kundan beri instagram va tiktok platformalarida mashxur shaxslarni bloklash ommaviy harakatga aylanib ketti. Buning sababi esa, "Haley Baylee" ismli inflyuenser qizning "Let them eat cake" degan videosi ortidan boshlandi.

Bir boshidan tushuntirishga harakat qilaman. 18-asrda Fransiyadagi inqiloblar vaqtida qirolicha Mari-Antuanet bazm uyushtirganida, unga a'yonlari "avom xalqning nochorligi, yetarlicha non ham yeyisholmayotganligi" haqida gapirishadi. Bunga javoban qirolicha "unda tort yeyishsin" (let them eat cake) deya javob beradi. Bu bilan qirolicha oddiy xalqqa nisbatan e'tiborsizligini ko'rsatgan edi.

Haley Baylee'ga kelsak. Nyu-Yorkda har yili o'tkaziladigan "Met Gala" kechasiga kazo-kazolar o'zini ko'z-ko'z qilish uchun yig'ilishadi. Aytishlarucha unda qatnashish uchun 1 kishilik o'rin narxi 75 ming dollar turarkan. Instagram va Tiktokda vayn olish bilan tanilgan Haley Baylee fransiya qirolichasi Mari-Antuanet uslubida kiyinib, kameraga qarab "Let them eat cake" deya gapiradi. Videoni davomida yana nimalar bo'lishini bilmayman, video uje o'chirib tashlangan.

Shu videodan keyin yana nimalar bo'ldi, tushunmay qoldim, lekin shu oddiy odamlar sabab ko'tarilib, ularni nazarga ilmay qo'ygan, degan qarash bilan mashxurlar ommaviy blok qilinmoqda.

>>Click here to continue<<

Ali. Blog

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)