Lady Ballers
Shu haftaning boshida "Daily Wire" tarmog'i tomonidan ishlangan "Lady Ballers" filmi ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Film komediya janrida bo'lib, hozirgi g'arbning "woke" mafkurasini tanqid ostiga oladi.
Woke mafkura deganda bu inson agar o'zini ayol deb his qilsa, demak u ayol kishi bo'lishga haqli va uni jinsini birov tanqid qilishga, behurmat qilishga haqqi yo'q, qabilidagi qarashni tushunish mumkin. Qisqacha aytganda, LGBTning pro max versiyasi))
Lady Ballers filmi aynan shu qarashni tanqid qiladi. Bir qancha sportchi erkaklar birlashib, o'zlari ayol ekaniga da'vo qilishib, ayollar sportida qatnashishadi va tabiiyki, ayollarga qarshi osongina g'alaba qozonishadi.
Filmda bir qancha "anti-woke" aktivistlarni ham uchratish mumkin. Jumladan, Ben Shapiro, Matt Walsh va Brett Cooper.
Filmni ko'rishni tavsiya qilaman.
>>Click here to continue<<