Quidditch Champions video-o'yini haqida.
O'yin qiziqarli, interaktiv, adrenalinga boy tarzda o'tadigan qilib ishlangan. Quidditch qanday o'yinligini bilmaydiganlar bo'lsa, bu Garri Potterning afsungarlik olamidagi eng mashxur sport turi hisoblanadi. Katta stadionda, uchar supurgilar bilan o'ynaladi. Rouling xonimning versiyasiga ko'ra, o'yin mana bunday:
O'yinda 3 xil koptok/shar bor:
- Snitch: kichkinagina, qanotchasi bor, uchib yuradigan sharcha. U tezda ko'zdan g'oyib bo'lib qolishi mumkin. O'yin tugashi uchun sharcha ushlanishi kerak.
- Kvofl: o'zimizni futbol to'pidek keladigan oddiy koptok. O'yinchilar uni bir-biriga oshirib, raqib darvozalari bo'lgan 3ta baland-baland halqalar ichidan o'tkazib gol urishi kerak. Gol urish jamoaga 10 ball olib keladi.
- Bladjer: futbol to'pidan sal kichikroq bo'lgan, katta tezlikda uchib kelib o'yinchilarga zarba beradigan koptok.
Jamoada 7ta o'yinchi bo'ladi (tarjimasiz yozaman): 1ta darvozabon, 3ta Chaser, 2ta Beater, 1ta Seeker. Ularning vazifalari:
- Chaser: Kvofl bilan o'ynab, koptokni bir-biriga oshirib, dushman halqalariga gol urishadi.
-Darvozabon: O'z jamoasining halqalarini himoya qiladigan o'yinchi.
-Beater: beysbol bitasiga o'xshash tayoqlar bilan Bladjerlarga zarba berib, uni raqib o'yinchilariga yo'naltiradi va raqiblariga Bladjer bilan zarba beradi. Ularni o'yindan chalg'itish, halal berish uchun.
Seeker: Snitchni izlaydigan, uni orqasidan quvib ushlashi kerak bo'lgan o'yinchi. Snitchni ushlash jamoaga 150 ball beradi va o'yin tugaydi.
Endi video-o'yinga kelsak, o'yinchilar qisqartirilib, 5taga tushirilgan. 2ta Chaser, 1ta Beater. O'yinchi o'z akkauntida 4ta pozitsiya uchun ham personajlar tayyorlab, ularni yuz-tuzilishi kiyimlarini o'zgartirishi mumkin. O'yin boshlanishidan oldin qaysi pozitsiyada o'ynashni tanlab olishi mumkin. O'yin 5 daqiqa davom etadi. kvofl bilan gol urish 10 ball, snitchni ushlash 30 ball. 5 daqiqa davomida eng ko'p ball olgan jamoa g'olib bo'ladi. Yoki 5 daqiqa tugamasidan oldin qaysidir jamoa 100 ballga chiqib olsa, g'olib bo'ladi. Hamma pozitsiyada o'ynab ko'rdim. Juda zo'r ishlangan.
O'yin grafikasi giper-realistik emas, Fortnite o'yinidagi grafikaga o'xshaydi. Lekin o'yin qiziqarli ekanidan grafika 851-o'ringa chiqib qoladi. Shunaqa gaplar. O'yinning supertestlari tugab, yakuniy reliz bo'lishini kutib qolamiz🫡
@TheAliBlog
>>Click here to continue<<
