Cyberpunk 2077 o'yini esinglardami? O'yin premyerasidan oldin juda katta hayp ko'targandi, lekin reliz bo'lganidan keyin fitfilyonta baglar chiqib, muxlislarni jiddiy e'tirozlariga sabab bo'lgandi. O'tgan 3 yil davomida o'yin bir nechta yangilanish bosqichlaridan o'tdi va nihoyat, bugun o'yinning 2.0 versiyasi reliz qilindi.
Projekt Red kompaniyasiga ko'ra o'yin fizikasiga jiddiy o'zgartirishlar kiritilgan. Ekran elementlari joylashuvi qayta ishlab chiqilgan. Eng muhim yangilik esa, endi o'yinni faqat SSD xotiraga o'rnatish mumkin ekan. Bu o'yindagi yuklanish qismini maksimal kamaytirishga, fps tushib ketishini oldini olishga va o'yinni "silliqroq" ishlashiga sabab bo'ladi.
Ushbu o'yinni oldin o'ynamaganman, RTX videokarta olsam o'ynarman, deb reja qilib qo'ygandim. Endi esa, o'yinni chegirmaga tushishini kutib turaman))
@TheAliBlog
>>Click here to continue<<
