Disney "Oppog'oy" multfilmini ham xoramini chiqarib remeyk qilishni boshlagan ekan. Internet shu mavzu atrofidagi bahs-munozaralarga to'la.
Oppog'oy bu nemis xalq ertagi bo'lib, uning ismi to'g'ridan-to'g'ri terisining rangi qordek oppoqligiga nisbatan qo'yilgan. (Snow White - qordek oppoq).
Remeykda esa uni jigarrang qiz o'ynarkan. Shuningdek, film ijodkorlari bahs-munozaralar haqida gapirganida original multfilm juda eskirgani va hozirgi zamonga mos emasligini va o'zgarishlarga muhtojligini tanqid qilishgan.
Oppog'oyni jigarrang qiz o'ynashi kamlik qilganidek, gnomlarni turli rangdagi aktyorlar o'ynagan, orasida oqi ham, sarig'i ham, qizili ham, qorasi ham bor. Eng qizig'i, gnomlardan biri qiz bola)) Erkak gnomlarni kamida bittasi gey bo'lib chiqishiga ham ishonaman)
Xullas, Disney oq tanlilarga nisbatan rasizmni kuchaytirib, o'zini boshiga yetmoqda.
@TheAliBlog
>>Click here to continue<<