Afsuski, "Across The Spider-Verse" chiqmadi (nomini adashtirvoribman oldingi postda). Kommentda kimdir rasman 8-avgust chiqadi, degan xabarni qoldirgandi.
Googledan qidirib ko'rsam, rasmiy xabar chiqmadi umuman. Hammasi boshqa saytlar qilgan e'lonlar. Ularda raqamli reliz 8-iyul, 18-iyul, 8-avgustlarda chiqishi aytilgan. Ya'ni, turli manbalarda turlicha sanalar kelyapti. Hay mayli, kutishdan boshqa ilojimiz ham yo'q)
Sizlarga boshqa bir xabar bilan kelyapman)) Assassins Creed o'yiniga qiziquvchilar bormi? iOS va Android telefonlar uchun "Assassins Creed: Codename Jade" nomli AAA o'yin chiqarmoqda. Avgust oyi boshida o'yinning beta testida ishtirok etish mumkin bo'ladi. Buning uchun shunchaki rasmiy saytdan ro'yhatdan o'tish kerak. Shunda 24 soat ichida emailingizga so'rovnoma to'ldirish uchun link yuboriladi. Link orqali so'rovnomani to'ldirib (qaysi davlatda yashashingiz, yoshingiz, qanaqa o'yinlar o'ynaganingiz, telefon modelingiz), beta-testga taklif kelishini kutish kerak. Agar beta-tester sifatida tanlansangiz, 27-iyul sanasigacha bu haqida xabar berilar ekan. Omadingizni sinab ko'ring)
@TheAliBlog
>>Click here to continue<<