"Baron 2" haqida fikrlarim.
Film qanaqadir sayoz ishlangan. G'arb filmlaridek kriminal olamini o'xshatishmoqchi bo'lishganu, senariyni maktab o'quvchilari yozgandek bo'lib qolgan. Ayniqsa, film oxiri bo'sh yakunlandi. Yakun bo'lmadi, desayam bo'ladi.
Anavi turkiyalik aktyor (Kara Sevdadagi Amirni o'ynagan odam)ni nega kinoga chaqirishganiga tushunmadim. Unga berilgan rolni kinoda ahamiyati yo'q desayam bo'ladigan darajada. Bu rolni birorta umuman mashxur bo'lmagan aktyorga berishganidayam hech nima o'zgarmasdi. Xullas, bir martalik kino.
@TheAliBlog
>>Click here to continue<<