Referendum o'tdi. 7 yildan 2 marta saylanish imkoniyati cho'ntakda turibdi. Buyog'i endi Karimov davridagi diktaturaga qaytaversak bo'ladi, deganimi?
To'g'ri, Karimov davrini yaxshilaydigan odamlardan biriman o'zim. Lekin u davrdagi eng asosiy yomon taraf bu organ xodimlarining qonundan yuqorida ishlashlari edi. O'zlariga yoqmay qolgan odamni qamab yuborish hech gap emasdi.
Oxirgi vaziyatlarda shu narsa yana tiklanayotgandek tuyulmayaptimi, sizlarga? Har qanday diniy material yuborganlarni jarimaga tortish yoki ma'muriy qamoqqa tiqish tadbirlarini uje eshitmagan odam qolmadi. Referendumdan oldin shunaqa narsa bo'luvmidi? Menimcha yo'q.
Toshkentda 21 Surxondaryolik yigitni IIBga olib borib, o'lasi qilib kaltaklashgan. Oqibatda yigit o'lgan. IIB xodimlari esa, yigit qochishga harakat qilib, 4-qavatdan sakragani va qo'l-oyog'i sinib, kasalxonaga olib borilgani, kasalxonada o'lganini aytishgan. Yaxshiyam vijdonli doktorlar bor ekan, Olimjon Haydarov o'sha shifokorlardan biri bilan gaplashganida yigit hech qanaqa qo'l-oyog'i sinmagan holda kelganini, ko'krak qafasi qisilib, ichki qon ketishdan o'lganini aytib bergan, videolarni taqdim qilgan. Bu xabardan keyin endi o'sha shifokorlar ham biror jinoyati uchun IIBga olib ketilmasa go'rga edi.
Shuningdek, 2ta avtoblogerni shunchaki o'ziga yoqmagan gap aytgani uchun 1 kun ichida sud qilib, qamab yuborishgan.
Kechki payt kompyuterxonada reyd qilib, hammani tashqariga olib chiqishgan va shunchaki qo'lini cho'ntagidan chiqarmay gaplashgan yigitni qo'lini qayirib, kishan taqib, IIBga olib ketishgan.
Xavfli vaziyatda yashayapmiz do'stlar. Qonuniy huquqlarimizni ham talab qila olmay qolishimiz mumkin hali. Tepada aytganimdek, Karimov diktaturasi davridagidek pisib yurishni boshlamasak bo'ldi edi. O'zingizni va yaqinlaringizni asrang. Til o'rganing, ITni o'rganing. Va keting.
@TheAliBlog
>>Click here to continue<<