TG Telegram Group & Channel
Ali. Blog | United States America (US)
Create: Update:

Bir necha kundan beri Jahongir degan yigitga tayinlangan 3 yillik qamoq jazosi tarmoqda keng muhokama qilinmoqda. Agar haliyam xabardorlar bo'lmasa, sizlarga qisqacha mazmunini tushuntirib beraman:

- Jahongir degan o'smir yigit youtubeda bir nashidani (diniy mazmundagi xirgoyi) eshitib qolib, sinfdoshlar guruhiga linkini yuborgan. Bu aynan qachon bo'lganini aniq bilmayman, lekin ancha avval bo'lgan.
- Jahongirni IIBga suhbatga chaqirishadi, sabab qilib mahallada o'g'irlik bo'lganini, o'g'rilardan biri 2-siga "Joxon" deb murojaat qilgani aytiladi.
- Jahongir IIB bo'limida ekanida uni telefoni titkilanib, sinfdoshlar guruhiga yuborilgan link aniqlanadi va shu bilan unga qamoq ehtiyot chorasi qo'llaniladi. Shundan beri ochiq osmonni ko'rmagan yigitga 8-may kuni sud 3 yillik qamoq jazosi tayinlaydi.

Buyerda IIB xodimlarining ishiga qanday yondoshgani haqida ortiqcha gapirmoqchi emasman. Ular qanday ishlashini xalqimiz juda yaxshi bilishsa ham kerak. Lekin telegramda kimgadir yuborilgan linklarni ham birma-bir ochib, tekshirib ko'riladigan bo'lsa, unda mana shundan havotir olsak arziydi. Xohlaymizmi, yo'qmi, yaqin do'stlardan iborat guruhlarimizda turli gap-so'zlar bo'ladi doim. Va ulardagi hatto qandaydir linklar ham qamalib ketishga sabab bo'layotgan bo'lsa, unda IIB bo'limiga chaqirishganida, uyerga borishdan oldin telefoningizni uyingizdagilar ham topa olmaydigan qilib yashirib ketishni, telegramingizga 2 bosqichli autentifikatsiyani yoqib qo'yishni tavsiya qilaman.

Nega uydagilar ham topolmaydigan qilib berkitish kerak? Kuni kecha Toshkentdagi sobiq bir imom, jamoatchilik faoli bo'lgan odamni ham IIBga suhbatga chaqirishgan. U telefonini tashlab kirib ketgan va haligacha chiqmagan. Uni uyidagilarga esa, "telefonini opkelinglar" degan buyruq yuborilgan😑

Buyoqda shuncha porno-kontent tarqatayotgan, shaxsi aniq bo'lgan shuncha odamlar turib, bitta nashidani linki uchun bir yigit qamalib ketayotgani bu jonajon yurtimizda muxtaram yurtboshimiz tashabbuslari bilan amalga oshirilayotgan dindorlarga yaratib berilayotgan keng ko'lamli imkoniyatlarning darajasini hammamizga bildirib turadi. O'zingizni ehtiyot qilinglar, yozishmalaringizni esa, yanada ko'proq ehtiyot qilinglar.

@TheAliBlog

>>Click here to continue<<

Ali. Blog

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)