TG Telegram Group & Channel
Ali. Blog | United States America (US)
Create: Update:

Xullas, meni kiydirmoqchi bo'lishdi))

O'tgan kuni mikrofon modelini yasab, renderlarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimga joylagandim. Shundan keyin kecha instagramdan bitta chet ellik komment yozgan ekan, "ishlaring menga yoqdi, NFT qilib sotib olmoqchiman, qiziqsang aloqaga chiq" debdi. Ha tayyor ishlarimga klient chiqadiyu, men qiziqmaymanmi, albatta DMdan yozdim unga)) Renderlar bilan zo'r ishlamasligimni aytib, chindan ham sotib olmoqchimisan, deb so'radim. U instagramdagi 3ta postimni tashlab, shularni NFT qilib OpenSeaga joyla, sotib olaman, dedi. Shundayligicha joylamay mayli, pulini oqlab qo'ysin deb, 4K render qildim. 2 soatdan ko'proq vaqt ketti😑 Xullas, NFT qilib joyladim va unga NFTlarni linkini yubordim.

Bu skam bo'lishi mumkinligini 50/50 sezardim, lekin bu sxemani oxirida firibgarlar qanday yutishi mumkinligini tushunmayotgandim baribir. Chunki Opensea akkauntimda sotilgan/sotib olingan/xaridorgim NFTlarim yo'q, avval umuman joylamaganman va sotib olishlarda qatnashmaganman. ETH koshelogimni esa, olib qo'ya olmasligi aniq, buning uchun 12ta kalit so'zni to'g'ri ketma-ketlikda yoza olishi kerak bo'ladi) Olib qo'yganidayam unda pul yo'qku, deb o'yladim. Demak, kiydirib ketadigan joyi bo'lmasa, balki rostdir deb ishongim keldi o'zimniyam. To'g'risiyamda, apgreyd qilishim kerakku men ham))

Xullas, u xabarimni o'qib, onlayn bo'ptur, xaridni tasdiqlavorishing kerak, dedi. Men onlaynman, dedim. Keyin 3-4 minutdan keyin pulni o'tkazolmayapman, bunaqa xatolik chiqyapti, deb skrinshot tashladi. Skrinda openseani sahifasida "Serverimizda birbalo xatolik bo'ldi, xatolik kodi: birbalo" qabilidagi gaplar yozilgandi. Va supportni emailini berib, support bilan bog'lanib ayt, xaridor NFTlarimni sotib ololmayapti, deb, hal qilib berishsin, dedi.

Men o'zing yoz degandim, buni sen yozishing kerak, hal qilib berishlari uchun, dedi. Hay mayli, deb, OpenSea saytidan supportga bog'lanib, shunaqa-shunaqa degandim, darrov javob yuborishdi. Xaridorlar xarid bilan muammo bo'lishini aytishlari keng tarqalgan skam usullaridan biri, biz umuman sotuvchilardan sotishni tasdiqlashlari yoki komissiya uchun pul o'tkazishlarini so'ramaymiz, degan ma'noda.

O'sha xabarni skrinshot qilib, instagramdan anavi go'rso'xtaga yubordim, "agar skam bo'lmasa, hammasi joyida ekan, o'tkazaver, deb" shu bo'yi javob yozmadi u.

Keyin boshqalar aytganidan keyin e'tibor beribman, u support bilan bog'lan, deb bergan emaili oddiy gmaildan ochilgan pochta ekan. Yani [email protected] emas, [email protected] . Odamlar shu emailni ko'rsatib, skamligi aniq demak, deyishdi. Men baribir tushunmayapmanku, qanday kiydirishlarini, nimaga erishishlari mumkinligini. Shunga qiziqib o'sha emailga xabar yozdim, xaridor sotib olishga harakat qilayotganida shunaqa xato chiqyapti, deb.

Keyin o'sha emaildan javob kelibdi, "bunaqa xatolik yuzberganidan juda afsusdamiz, sotuvni xavfsizligini ta'minlash uchun falon hisob raqamiga 0.4 ETH gaz solig'i to'lashingiz kerak" deb. Ana endi bu skam qanday ishlashini tushunvoldim)) Demak, kattaroq summaga NFTni sotib olmoqchiman, lekin o'tkaza olmayapman, bunaqa xato chiqyapti, deyishadi, xatolikni hal qilish uchun "support"ga yozsang, gaz solig'i to'lashing kerak deyishadi. 0.4ETH bu 700 dollardan ko'proq degani. Balki summani kamroq qilishganida, bu skam ko'proq ish berar, shunda ham men bilan emas))

Aytgancha, gaz solig'i degan narsa bu blokcheynda qatnashayotgan maynerlar uchun xizmat haqi, deb tushunsa bo'ladi. Mayning qilayotganlar mana shu gaz solig'ini bo'lishib olishadi. Har bir tranzaksiyadan ushlangan komissiya mingga, millionga bo'linib ketadi faqat. Juda-juda kam miqdorda xizmat haqi olishadi, lekin tranzaksiyalar davomli bo'lgani sari, shunaqa kam xizmat haqidan ko'p marta olishadi. Va maynerlar shundan pul qilishadi. Bu NFT blokcheyniga oid mayningdagi holat uchun.

Xullas, shunaqa skammerlardan ogoh bo'linglar)

@TheAliBlog

>>Click here to continue<<

Ali. Blog

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)